Turkiyaning turizm va turizm infratuzilmasi, arxitektura va dizayn, yirik biznes loyihalar sohasidagi mutaxassislardan iborat delegatsiya Qo‘qon shahridagi diqqatga sazovor maskanlar bilan tanishdi.
Xudoyorxon O‘rdasiga bo‘lib o‘tgan tashrif davomida mehmonlarga Qo‘qon shahar hokimi hamrohlik qildi.
Marufjon Usmonov va delegatsiya a’zolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samimiy muloqot chog‘ida Qo‘qon shahrida turizmni rivojlantirish bo‘yicha innovasion takliflar bildirildi.
Davlatimiz rahbarining shahrimizda turizmni yanada rivojlantirish borasidagi ko‘rsatmalari asosida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan tashrif Qo‘qon shahrining turizm sohasidagi bosh rejasini ishlab chiqishga qaratilgan.