Qo‘qon shahrida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
“Tolzor”, “Do‘stlik”, “Sadoqat”, “Obod”, “Davronbek” va “Shaldiramoq” mahallalari fuqarolari uchun o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida jamoatchilik faollari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, jamiyatimiz hayotida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hususida ma’ruza qildilar.
Ko‘rgazmali materiallar, milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslarda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilayotgan yutuqlar, milliy qadriyatlarimiz badiiy va ta’sirchan ko‘rinishda aks ettirildi.