Fri. Dec 1st, 2023

“Navro‘z” tantanalar saroyida keskin ob-havo sharoitlariga qaramasdan shahrimiz ko‘chalari obodonchiligini ta’minlashda har kuni erta tongdan mehnat qilayotgan fidoiylarga e’tibor ko‘rsatilib, osh berildi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, shahar bosh imom-xatibi, sektorlar rahbarlari mehnatkash xizmatchilarga o‘z minnatdorchiliklarini izxor etib, mavjud muammolar bilan qiziqdilar.

Marosimda yurtga omonlik, sahovatpesha shahrimiz fidoiylariga sog‘liq-salomatlik tilab, Kur’on-tilovat qilindi.