Sat. Apr 27th, 2024

Saxovat va muruvvat ayyomi bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami kunlarida viloyatimizda yashovchi 12 nafar ikkinchi jahon urushi faxriylarining holidan xabar olindi.
Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor Oybek Saidov, viloyat sektorlari rahbarlari Qo‘qon shahrida istiqomat qilayotgan Rahimjon ota Usmonov va Toshloq tumanida yashovchi Odiljon ota Zokirov xonadonlarida bo‘lib, otaxonlarni va ularning oila a’zolarini Navro‘z bayrami bilan samimiy qutladilar.
Viloyat rahbarlari bilan suhbatda bo‘lgan otaxonlar urush xotiralari, o‘tgan davrlarning qiyinchiliklari, hayot tajribalari haqida so‘zlab berdilar. Bugun hurmat va mehr og‘ushida yashayotganliklarini, sog‘liqlari yaxshi, hayotlaridan rozi ekanliklarini aytib, doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar, xayrli duolar qildilar.