Fri. Mar 29th, 2024

Mukofot muborak Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 sentyabr kungi “Oʼqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʼrnak koʼrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʼgʼrisida” gi Farmoniga koʼra bir guruh yurtdoshlarimizning mehnatlari eʼtirofga sazovor boʼldi.

Qoʼqon shahridagi 12-“Mehribonlik uyi” tarbiyachisi Mavlonova Maʼmura Usmonovna “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

U yurtimizda taʼlim sohasini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, oʼquv-tarbiya jarayoniga ilgʼor xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq qilish, chuqur bilim va kasb-hunarga ega, mustaqil fikrlaydigan, iqtidorli, sogʼlom avlodni voyaga yetkazish ishlariga qoʼshgan salmoqli hissasi, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari uchun davlatimizning yuksak mukofotiga sazovor boʼldi.

Mukofot muborak, ustoz!