Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, shahar bosh imom-xatibi Abdumajid qori Isaqov Qo‘qon shahar diniy qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan saxovat tadbirida ishtirok etdilar.
Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanada mahallalardagi ehtiyojmand oilalar va “Mehr” operatsiyalari doirasida mamlakatimizga qaytarilgan oilalar farzandlarining sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi.
Shahar hokimi bolalarga sovg‘alarini topshirib, barchani bayram bilan qutladi. Yurtga omonlik, dasturxonimizga qut-baraka, Yurtboshimizga sog‘lik-salomatlik tilab, duo qilindi.