Mon. May 20th, 2024

Qo‘qon musiqali drama teatrida shahrimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar o‘rtasida milliy ma’naviyatimizga yot g‘oyalar, taqlidchilikning oldini olish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda barcha yoshdagi aholi qatlamlari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Tadbirda shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov hamshaharlarimizda azaliy milliy qadriyatlarimizga mos, Jahon hunarmandlari shahri fuqarolariga munosib dunyoqarash, hulq-atvor va mentalitetni shakllantirish, festival’ g‘oyalarini aholining barcha qatlamlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish va boshqa ko‘plab masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilishda shuningdek, shahrimizning maktabgacha, umumiy va oliy ta’lim muassalari vakillarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi yuzasidan amalga oshirgan ishlari borasidagi hisobotlari tinglandi.