Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Mon. Sep 16th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi maxsus vakili Teri Xakala bilan muzokaralar olib bordi.

Teri Xakalaning Farg‘ona vodiysi bilan yaqindan tanishish maqsadida amalga oshirgan tashrifi doirasida o‘tkazilgan muzokaralarda O‘zbekistonda va xususan Qo‘qon shahrida xavfsizlik, qonun ustuvorligi, ekologiya va atrof muhitni asrash, ta’lim, inson huqulari va gender tengligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarga yuksak baho berildi.

Qo‘qon shahar hokimi shahrimizda iqtisodiyot, ta’lim, aholining ijtimoiy muammolarini hal etish sohalarida qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Teri Xakala shahrimizning diqqatga sazovor maskanlariga ham tashrif buyurib, Qo‘qon shahrining madaniyati va tarixi bilan tanishdi.

Click to listen highlighted text!