Mon. May 13th, 2024

Shahar hokimligining Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyasi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi shahar Kengashi, IIO FMB Voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspeksiyasi mutasaddilari ishtirokida shahrimiz ko‘chalarida maktabga bormagan yoshlarni aniqlash, dars vaqtida tirikchilik, savdo-sotiq va boshqa ishlar bilan shug‘ullanishlarining oldini olishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

Nazorat tadbirida shahrimizning 20 va 5-umumta’lim maktablari o‘quvchilari uzrli sababsiz darsda qatnashmagani, yana bir bolaning ota-onasi tilanchilik bilan shug‘ullanishga majbur etayotgani aniqlandi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, maktab rahbariyati va yoshlarning ota-onalariga qonunda belgilangan choralar ko‘riladigan bo‘ldi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, yoshlarning ta’lim olishlari uchun maktab bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik Kodeksining 47-moddasiga asosan Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik uchun ham ota-onalarning javobgarligi belgilangan.

“Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.”