Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 2-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida qishki mavsumga tayyorgarlik, hudud obodonchiligi, sanitariya talablariga rioya etilishi va kasb-hunarlarga o‘qitish ishlarini nazoratdan o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: Ayni paytda Qo‘qon shahrida davlat xususiy sherikchilik asosida barcha maktablar va maktabgacha tashkilotlarda isitish tizimlari to‘liq modernizatsiya qilindi va tizimlarni montaj qilish ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Shahar hokimi maktabda o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Hususan, o‘qituvchilar xonasi ta’mirlab beriladi, kompyuterlar, yangi jixozlar bilan ta’minlanadi. Yuqori sinf o‘quvchilari uchun yangi parta va stullar keltiriladi. Kasb-hunar ustaxonalaridagi nosoz dastgohlar ta’mirlanadi. Yangi tikuv dastgohlari, va kompyuterlar keltiriladi. Marufjon Usmonov shahar moliya bo‘limi rahbariga bu borada vazifalar belgilab berdi.