Mon. May 20th, 2024

2022 yil 1 yanvar holatiga “Mahalla” hayriya jamoat fondi Qo‘qon shahar bo‘limi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlarida 1 mlrd. 729,5 mln. so‘m qoldiq mablag‘lari mavjud bo‘lib, o‘tgan olti oy davomida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qo‘qon shaxar bo‘linmasi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlariga 1 mlrd. 729,6 mln. so‘m mablag‘ yig‘ildi.



O‘tgan olti oy davomida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori asosida qariyb 2 ming 601nafar oilaga 1 mlrd.718,4 mln. so‘m mablag‘ sarf etildi.



Jumladan, mahallalarda tashkil etilgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. O‘tgan olti oy davomida “Temir daftar”ga kiritilgan 1318 nafar fuqarolarni moddiy qo‘llab quvvatlashga 774 mln. 784,3 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.



Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalar kabi ehtiyojmand oilalarning 1283 nafariga 943 mln. 653,9 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.



2022 yil 1 iyul holatiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlarida viloyat bo‘yicha 11 mln. 306,1 ming so‘m pul mablag‘lari mavjud.



O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-son Qarori 8-ilovasi 20-bandiga muvofiq “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi tomonidan respublika miqyosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirilishi yuzasidan hisoboti O’zbekiston 24 kanali orqali 2022 yil 20 apreldagi briffingi davomida o‘qib eshittirildi, shuningdek, respublika boshqaruvi rasmiy veb-sayti(https://obfm.uz/uz)ga 23 aprel va 26 mayda jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot joylashtirildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan kam ta’minlangan oilalarga mablag‘ ajratish faqatgina xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarori bilan amalga oshirib kelinmoqda.