Wed. Apr 17th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektor rahbarlarining qabulida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini hal etish choralari ko‘rilmoqda.

 

Qabulda Prezident Xalq qabulxonasi, murojaatlardagi masalalarga aloqador idora, korxona-tashkilotlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etmoqdalar.

 

Shahar hokimiga bo‘layotgan murojaatlarning asosiy qismi fuqarolarning uy-joy sharoitini yaxshilash, ijtimoiy-yordam ko‘rsatish bilan bog‘liqdir. Tadbirkorlik sub’ektlari yer maydonlarini ijaraga olish, bo‘sh turgan binolarda ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, kredit masalalari va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha murojaat qilmoqdalar.

 

Marufjon Usmonov murojaatlarni joyida hal etish choralarini ko‘rib, o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar bermoqda.

 

Qabulda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tomonidan aniqlangan muammolarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.