Thu. Apr 25th, 2024

Namoyishni kuzatgan bayramona kayfiyatdagi hamshaharlarimiz O‘zbekiston Milliy armiyasi xizmatida bo‘lgan harbiy texnikalar, qurollar-aslahalar hamda texnik vositalarni tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

Maydonda saf tuzib o‘tgan harbiy texnikalar, harbiy bo‘linmalar va harbiy o‘quv dargohlari kursantlari namoyishni kuzatgan minglab hamshaharlarimizning olqishlari ostida kutib olindilar.
Namoyishda Milliy armiyamizning kuch-qudrati, Vatanga bo‘lgan cheksiz sadoqat hissi harbiy bo‘linmalarning turli chiqishlari orqali ifoda etildi.