Sun. Apr 28th, 2024

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Dang‘ara tumanidagi «Chag‘ali» YPX maskanida «Toshkent-Qo‘qon» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida yashovchi «Q.I.» boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashina to‘xtatilgan, deb xabar beradi daryo.uz internet nashri.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salonida bo‘lgan Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida yashovchi «H.M.»ning yonida 10 ming dona «Tramadol» tabletkasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxslar ushbu tabletkalarni Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida o‘tkazilgan boshqa bir tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahrida yashovchi «A.R.» va «Z.A.»lar «Tramadol» dori vositasini sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

Tekshiruvlar davomida «A.R.»ning yonida 1 150 dona, «Z.A.»da esa 800 dona «Tramadol» tabletkasi borligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu ishlarga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha ham zarurchora-tadbirlar ko‘rilmoqda.