Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Fri. Sep 20th, 2024

Ko‘xna Qo‘qon shahrida 17-18 yanvar’ kunlari Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan Qo‘qon hududidagi Davlat xizmatlari markazlari xodimlari ishtirokida tadbirkorlar va aholiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

“Rizq-baraka” hamda “Buyuk ipak yo‘li” savdo komplekslarida mobil xizmatlar ko‘rsatish orqali jami 120 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi.Fuqarolarga 147 ta huquqiy tushuncha va konsul’tativ maslahatlar berildi. DXM xodimlari rastalar bo‘ylab 650 dan ortiq davlat xizmatlari haqida to‘liq tushuncha va maslahatlar beruvchi flayer va bukletlar tarqatdi.

Viloyatdagi jamoat joylarida hamda markazdan olis hududlarda fuqarolarga mobil(sayyor) xizmatlar ko‘rsatish davom etmoqda…

DXA Farg‘ona viloyat boshqarmasi Jamoatchilik va ommaviy aborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi.

Click to listen highlighted text!