Yig‘ilishda Marufjon Usmonov shahrimizda so‘nggi kunlarda fosh etilgan jinoyatlar misolida jinoyatchilikning keltirib chiqaryotgan omillarga e’tibor qaratib, diniy idoralar vakillarining jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasidagi fikr mulohazalari bilan qiziqdi.
Imom-xatiblar muqaddas dinimizda o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish, Allox bergan birovning umriga zavol bo‘lish kabi gunohlarga Qur’oni Karim, hadislarimizda bildirilgan munosabatlar xususida ma’lumot berib, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirishlarini bildirdilar.
Yig‘ilishda shuningdek, ichkilikbozlik, giyohvandlik kabi jinoyatga yetaklovchi omillarning oldini olish, keng jamoatchilik va ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.