Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 8th, 2024

Ushbu ro‘yhatdan «Qo‘qon xonligining yuksalishi va qulashi. 1709-1876 yillar: global davrdagi Markaziy Osiyo» nomli kitob ham o‘rin olgan deb xabar beradi kun.uz

Ushbu kitobda AQShning Ohayo shtati universiteti professori Skott Levi Markaziy osiyoliklarning XVIII-XIX asrlarda tezlik bilan globallashayotgan dunyo bilan qanday aloqaga kirishgani tahlil qilingan. Ilk marta Qo‘qon xonligiga bag‘ishlab ingliz tilida yozilgan kitobda, Skott Levi Farg‘ona vodiysida xonlikning (1709-1876) qanday qilib ancha dinamik sur’atda o‘sib kelganini o‘rgangan.

Ushbu o‘ziga xos tadqiqot keng miqyosli tinglovchilarni, shu jumladan Markaziy Osiyo, Rossiya, Yaqin Sharq, Xitoy va jahon tarixining olimlari va talabalarini, shuningdek, qiyosiy imperiya va globallashuv tarixini o‘rganuvchilarni o‘ziga jalb etadi. Muallif Qo‘qon xonligi va mintaqaning muhim tarixiy ahamiyatini ko‘rsatib berish uchun «bog‘langan tarix» (connected history) uslubini qo‘llagan.

Levi xonlikning globallashayotgan kuchlar bilan birlashishi mintaqadagi siyosiy-iqtisodiy, demografik va ekologik o‘zgarishlarni shakllantirgani bilan birga, aynan o‘sha kuchlar Qo‘qonning parchalanishiga hissa qo‘shganini ham ajoyib tasvirlab beradi. Shu bilan birga, Markaziy osiyoliklar o‘zlarining yirik imperial qo‘shnilari (Chor Rossiyasi va Xitoy) o‘rtasidagi siyosatga qanday ta’sir ko‘rsatganini batafsil ko‘rsatib bergan.

Click to listen highlighted text!