Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Mon. Dec 9th, 2024

⚡️ Qo‘qon hokimi barcha jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

 

Marufjon Usmonov, huquqni muhofaza qilish idoralari, mahalla mutasaddilari va boshqa mas’ullarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilab berdi. Xususan, jinoyat sodir etishga moyil va jazoni o‘tash joylaridan qaytgan shaxslarning barchasi ishga joylashtiriladi.

 

Fuqarolarning ijtimoiy holatini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi. Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari aholi bandligi va madaniy hordiq chiqarishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.

 

Shahar hokimi nazorat vositalariga ham alohida e’tibor qaratilishi lozimligini ta’kidlab o‘tib, “Fuqarolarda jinoyat sodir etish uchun vaqti ham sababi ham bo‘lmasligi kerak,” dedi. Kuzatuv kameralari, milisiya va milliy gvardiya patrullari Qo‘qon shahrida jamoat tartibi va xavfsiz shahar tamoyilini hayotga tatbiq etilishini ta’minlaydi.

Click to listen highlighted text!