Thu. Nov 30th, 2023

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov italiyadagi Turin arxitektura universiteti o‘qituvchisi va ilmiy xodimi, arxitektura bo‘yicha bir necha xalqaro ko‘rgazmalar sovrindori, 2022 yilda Xitoyda o‘tkazilgan qishki olimpiya o‘yinlari uchun qurilgan sport kompleksi arxitektura loyihasi muallifi Mishel’ Bonino va Turin arxitektura universiteti professori Fulvio Rinaudolar bilan muzokaralar olib bordi.

Muloqot chog‘ida Marufjon Usmonov Qo‘qon shahrining qadimgi madaniyati va tarixi, iqtisodiyoti va ijtimoiy hayoti xususida ma’lumot berdi. Uchrashuvda qo‘qonlik arxitektorlar va kun tartibidagi masalalarga aloqador boshqa mas’ullar ham ishtirok etdilar.

Qo‘qon shahriga tashrifi doirasida mehsonlar Xudoyorxon O‘rdasi, Xalqaro turizm va hunarmandchilik markazi bilan tanishdilar. Tashriflar chog‘ida arxitektura sohasidagi loyihalar bo‘yicha fikr almashilib, turli sohalarda hamkorlik aloqlarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.