Sun. May 19th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 45-“Ashurali Zohiriy” mahallasidagi fuqarolar xonadonida tashkil etilgan issiqxonani ko‘zdan kechirdi. Ushbu issiqxona 2022-yilda ajratilgan subsidiya asosida barpo etilgan. Qo‘qon shahar hokimi bu yerga avval ham tashrif buyurgan edi.

Mahsulotlar yetishtirishda suvni tejash texnologiyalari va innovsiyalarni qo‘llash evaziga o‘zgarishlar katta. “Yil bo‘yi mahsulot yetishtiramiz, bittasini yig‘ishtirib, ikkinchisini ekamiz, qo‘shimcha yer maydoniga imkon bo‘lsa issiqxonalar sonini ko‘paytirardik”, deydi fuqaro.

Marufjon Usmonov Qo‘qon shahrining qishloq xo‘jaligi rivojlangan hududida joylashgan mahalla mutasaddilariga fuqaro murojaati bo‘yicha tezkorlik bilan takliflar berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.