Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Oct 5th, 2024

Ushbu kelishuvga Singapurning “Indorama” kompaniyasi asoschisi Shri Prakash Loyya (Sri Prakash Lohia) va Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida erishildi.

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Iqboljon Ergashev hamrohligida “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” va “Indorama Kokand Textile” korxonalarida amalga oshirilayotgan investision loyhalar bilan tanishgan delegatsiya a’zolariga Marufjon Usmonov ushbu korxonalarni samarali faoliyatini tashkil etish uchun mahalliy hukumat tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlar xususida ma’lumot berdi.

Qo‘qon shahridagi bolalar shifoxonasida “Indorama Corporation” homiyligi asosida rekonstruksiya ishlari bajarilib, 50 o‘rinli nevrologiya va erta tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limi binosi foydalanishga topshirilgan edi.

Bu ishlarga ikki milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. “Indorama Corporation” delegatsiyasi a’zolari shifoxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, bu kabi ezgu ishlar tizimli davom etishini bildirdilar.

Click to listen highlighted text!