Sat. Jun 22nd, 2024

21-23-sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali katta bayram shodiyonasi bilan yakunlandi. 70 dan ziyod mamlakatdan 260 nafardan ortiq mohir hunarmandlar ishtirokida tashkil etilgan festivalning yopilish tadbirida festival g‘oliblari va sovrindorlari taqdirlandilar.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Jahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev va Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov festival g‘oliblariga diplom va sovg‘alarni tantanali topshirdilar.

“Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Gulnora Odilova (O‘zbekiston);
2-o‘rin: Anaxita Alavi (Eron);
3-o‘rin: Ravshan Norxo‘jayev (O‘zbekiston).

“Eng yosh hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Abdullo Mirdjamolov (O‘zbekiston);
2-o‘rin: Abdulloh Mirzaahmedov (O‘zbekiston);
3-o‘rin: Rosid Axmadi Ros (Indoneziya).

“Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Xasan Umarov (O‘zbekiston);
2-o‘rin: Mavluda Hamdamova (O‘zbekiston);
3-o‘rin: Nurzad Jenbek qizi (Qirg‘iz Respublikasi).

“Qadimiy sulola davomchisi” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Baxshillo Jumayev (O‘zbekiston);
2-o‘rin: Voxid Karimov (O‘zbekiston);
3-o‘rin: Maryamxon Ergaziyeva (O‘zbekiston).

“Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand” nominatsiyasi bo‘yicha:
1-o‘rin: Abdulla Nauruzbayev (Qozog‘iston);
2-o‘rin: Zulfiya Masharipova (O‘zbekiston);
3-o‘rin: Molima Pixigiya (Yangi Zelandiya).

Shuningdek, barcha nominatsiyalar bo‘yicha qator rag‘batlantiruvchi o‘rin egalari ham diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali yopilish marosimi katta konsert dasturi bilan yakun topdi.