Sat. Jun 22nd, 2024


Qo‘qon temir yo‘l vokzalida tashkil etilgan tantanali marosimda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov boshchiligida shahrimiz faollari ishtirok etdilar.

Qo‘qon shahri mehmonlarni karnay-surnay sadolari ostida qo‘llariga gul tutkazib, samimiy tilaklar va esdalik sovg‘alari bilan kuzatib yubordi.

Ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik so‘zlari, Qo‘qon shahar hokimi va butun shahar aholisiga, festival tashkilotchilariga bildirildi.

Hunarmandlar shahar hokimiga xattotlik namunalari, somondan to‘qilgan shlyapalar kabi o‘zlarining noyob mahsulotlarini hadya etdilar. Ushbu mahsulotlar Qo‘qon shahrida yangi tashkil etilgan Xalqaro hunarmandlar muzeyi eksponatlari qatoridan joy oladi.

Butunjahon hunarmandlar Kengashi Prezidenti Saad al Kaddumi Marufjon Usmonovga minnatdorchilik izhor etib, keyingi festivalda ham ko‘rishish nasib etishiga umid bildirdi.