Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi mavzuga aloqador rahbarlar ishtirokida II-Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik masalalarini muhokama etdilar.
Festival’ga tayyorgarlik bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibi shakllantirilib, O‘rda maydoni, festival’ ob’ektlari, mexmonxonlar, me’moriy yodgorliklar, markaziy ko‘chalar, turizm marshrutlari, kommunikasiya tizimlarini tartibga keltirish, obodonlashtirish va boshqa masalalar uchun mas’ullar belgilandi.
Mutasaddilar O‘rda maydonidagi sahna, festival’ matbuot markazi, konferens-zallarni ham ko‘zdan kechirib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni belgilab oldilar.