Mon. Mar 4th, 2024

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning viloyat sektorlari rahbarlari ishtirokida Qo‘qon shahriga qilgan tashrifi doirasida festival’ o‘tkaziladigan asosiy joy hisoblangan O‘rda maydoni hududini obodonlashtirish, kirish qismidagi yo‘lak toshlarini, hududdagi yoritish tizimlarini va o‘rindiqlarni yangilash, gullar va qo‘shimcha daraxtlar o‘tqazish kabi masalalarda mas’ullarga topshiriqlar berilgan edi (https://t.me/fvhokimligi/14269).

Bugun Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov mutasaddilar ishtirokida O‘rda maydonining yangi ko‘rinishi bo‘yicha taklif etilayotgan loyihalarni muhokama etdi.