Tue. Jun 25th, 2024

Forum Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya davlatlaridan 300 dan ziyod delegat va mamlakatimizdan 500 dan ortiq vakillarni bir joyga jamladi.

IHT doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning holati, shuningdek, uni kengaytirish istiqbollari va faollashtirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Nufuzli forumda Qo‘qon shahrida sutni qayta ishlash va tekstil sohasida faoliyat yuritib kelayotgan korxonalar rahbarlari ham ishtirok etmoqdalar.

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan tadbir yakunida turli sohalar bo‘yicha yirik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.