“Afzal Healthcare” tibbiyot turizmi kompaniyasining erishgan natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimot marosimida Qo‘qon shahrida og‘ir xastaliklardan aziyat chekib kelgan bemorlarni davolashda erishilgan natijalar avvalambor ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona, o‘zaro ishonchli munosabatlar bilan bog‘liq ekani ta’kidlab o‘tildi.
Qolaversa, Hindistonning O‘zbekistondagi sobiq Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabxat va Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovlarning tashabbusi bilan Qo‘qon shahrida yuzlab bemorlar yuqori malakali hind shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, og‘ir xastaliklardan aziyat chekib kelgan ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarda bepul jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.
Taqdimot marosimida Hindistonda borib, davolanib kelgan bemorlar ham shifokorlarga va shunday sharoitlar yaratib bergan Marufjon Usmonovga o‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar.