Sun. Apr 28th, 2024

Sessiyada shahar Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.

Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigoraxon Ergasheva sessiyada deputatlarga Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

Shuningdek, sessiyada aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 2023-yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida “Hududgaz Farg‘ona” GTF Qo‘qon shahar bo‘limi boshlig‘i Baxtiyorjon Xamroqulov, shaxar elektr tarmoqlari korxonasi raxbari Burxonjon Yuldashev, “Suvoqava” DUK Qo‘qon shahar bo‘limi raxbari Abduvohid G‘oibnazarovlarning hisobotlari ham deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar deputatlar tomonidan muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.