Sat. Apr 27th, 2024

Feysbukdagi “Qo‘qonjonim” guruhida ehtiyojmand fuqarolarning jarrohlik amaliyotlari harajatlarini qoplab berish uchun moddiy yordam ko‘rsatish tartibi xususida qilingan murojaat yuzasidan

Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining

RASMIY JAVOBI

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 aprel’dagi 250-sonli “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga asosan, ijtimoiy ro‘yxatlardagi fuqarolarga, “moddiy yordam hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish” belgilangan.

Qo‘qon shahrida 2021 yilda 100 nafardan ziyod ijtimoiy ro‘yxatlardagi fuqarolarning sog‘lig‘ini tiklash va shu jumladan jarrohlik amaliyotlari uchun Respublika byudjeti, shahar byudjetining orttirib bajarilgan qismi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 700 million so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan.

Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan ushbu mavzudagi “Shukronalik” turkum interv’yulari ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilgan.