Wed. Apr 24th, 2024

Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi KQ-213-IV-sonli qaroriga asosan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish maqsadida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

QAROR QILADI:

  1. Quyidagilar:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5072-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi KQ-213-IV-sonli qarori asosida joriy yilning 15-iyulidan 17- sentyabriga qadar o‘tkazilgan uch bosqichdan iborat jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish jarayoni natijalari bo‘yicha Qo‘qon shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari M.Rasulovning axboroti; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 e-qaror.gov.uz 03.10.2022
    yil 20 sentyabrdagi “Tuman (shahar) byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘grisidagi namunaviy nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi KQ-406-IV-sonli qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Ishchi guruh xulosalariga asosan, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar
    Kengashining qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablaridan kelib chiqib, eng ko‘p ovoz olgan hamda “Ochiq byudjet” axorot portalida avtomatik tarzda g‘olib sifatida tanlab olingan takliflar “g‘olib” deb topilsin.
    Ushbu takliflarni moliyalashtirish bo‘yicha, “Manzilliy ro‘yhat” 1-
    ilovaga muvofiq;
    Jihozlash tadbirlari bo‘yicha tovar (xizmatlar) reestri 2-ilovaga
    mufoviq tasdiqlansin hamda ijro uchun qabul qilinsin.
    Bunda,
  • Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni amalga
    oshirish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga ishlar hajmining ko‘payishi yoki
    loyihaning o‘zgartirilishi bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaslik;
  • Jamoatchilik fikri asosida g‘olib deb topilgan ID 1390600040
    raqamli “Qo‘qon shahar Navbaxor, A.Navoiy, Saodat MFY lariga magistral gaz tarmog‘i tortish” mazmunidagi taklif 1-mavsumda amalga oshirilgan ishlarning davomi hisoblanganligi hamda ushbu taklif bo‘yicha shahar obodonlashtirish boshqarmasida loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosasi mavjudligini inobatga olib, taklifda ko‘tarilgan muammoni qisqa fursatda bartaraf etish va ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida istisno tariqasida ushbu taklifga buyurtmachi sifatida shahar obodonlashtirish boshqarmasi belgilanishi;
  • Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni
    moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan shahar byudjeti mablag‘lari shahar hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlangan mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflanishi taqiqlanishi belgilab qo‘yilsin.
  1. Tasdiqlangan Manzilliy ro‘yxat asosida:
  • Shahar hokimligi Moliya bo‘limi (M.Sanginov) tanlab olingan
    e-qaror.gov.uz 03.10.2022 tadbirlarni moliyalashtirilishini ta’minlash maqsadida, buyurtmachi tashkilotlariga tegishli mablag‘ manbaasi bo‘yicha (4017) “Fuqarolar tashabusi jamg‘armasi” maxsus hisob raqamlari ochilishini;
  • Shahar hokimligi hisobxonasi (R.Quldashev) jamg‘arma mablag‘lari
    hisobidan tegishli buyurtmachi tashkilotlarga mablag‘lar yo‘naltirilishini;
    -Buyurtmachi tashkilotlar ajratilgan mablag‘larni loyiha-smeta
    xujjatlari asosida belgilangan tartibda maqsadli ishlatilishi va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Halq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi va Qo‘qon shahar hokimligi huzuridagi Ishchi guruhga ma’lumot kiritib borilishini ta’minlasin.
  1. Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2022 yil 5 fevraldagi
    VI-43-16-11-166-K/22-sonli qarori bilan tasdiklangan “Tuman (shahar)
    byudjetlari mablaglarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
  2. Qo‘qon shahar hokimligining axborot xizmati rahbari-matbuot
    kotibi (U. Norboev) va shahar moliya bo‘limi (M.Rasulov) bilan birgalikda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan va “g‘olib” deb topilgan tadbirlarning moliyalashtirishi hamda amalga oshirilishi lozim ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni “Ochiq byudjet” portaliga joylashtirilishi va keng jamoatchilikka muntazam yoritib borilishini ta’minlasin.
  3. Qo‘qon shahar byudjetining jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan
    mablag‘larining belgilangan maqsadlarda va samarali foydalanilishi hamda mablag‘larning ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga Ishchi komissiya a’zolari shaxsan javobgarligi eslatib o‘tilsin.
  4. Mazkur bayon ijrosini ta’minlash va nazorat qilish komissiya
    a’zolari zimmasiga yuklatilsin

    Qaror matni va ilovalarini quyidagi havola orqali yuklab oling.