Thu. Apr 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan ommaviy fuqarolar qabulida 85 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

 

Qabulda Prezident Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi mutasaddilari, sog‘liqni saqlash, uy-joy bo‘limlari, kommunal idoralar va banklar mas’ullari, murojaatlardagi masalalarga aloqador boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

 

Qabulda fuqarolarning ijtimoiy muammolari bilan bir qatorda masalalari hal bo‘lgan aholi tomonidan raxmatnomalar ham izxor etildi.