Qo‘qon shahar hokimligining faollar zalida shahrimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, fosh etilgan jinoyatlarning tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Axrorjon Atxamov, Qo‘qon shahar prokurori Jahongir Fozilov, shahar hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish organlari, yoshlar va jamoat tashkilotlari vakillari, mutasaddi rahbarlar hamda OAVlar ishtirok etdilar.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov so‘nggi kunlarda fosh etilgan jinoyatlar asosida jinoyatchilikni kelib chiqishga sabab bo‘layotgan omillar xususida to‘xtalib o‘tdi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda barcha mutasaddi tashkilotlar va jamoatchilik say’-xarkatlarini birlashtirish, jinoyat sodir etishga moyil bo‘gan fuqarolar bilan keng ko‘lamli profilaktika ishlarini olib borish yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.
Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Axrorjon Atxamov, Qo‘qon shahar prokurori Jahongir Fozilovlar ham masalaga o‘z munosabatlarini bildirib, endilikda jinoyatga qarshi kurashda sustkashlikka yo‘l qo‘yganlarga keskin choralar ko‘rilishini ma’lum qildilar.
Yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga Qo‘qon shahrida jinoyatchilik va huqubuzarliklarni oldini olish bo‘yicha har bir mahallada profilaktika ishlari, mahsus tadbirlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.