Wed. Apr 17th, 2024

Feysbukdagi “Qo‘qonjonim” guruhida O‘rda tagi ko‘chasidagi avtomobillar turargohi yuzasidan qilingan murojaat bo‘yicha Qo‘qon shahar hokimligi matbuot xizmatining rasmiy javobi

Xalq deputatalari Qo‘qon shahar Kengashining qaroriga ko‘ra, aholidan kelib tushgan ko‘p sonli murojaatlarni inobatga olgan holda, O‘rda maydoni hududida elektrovelosiped, elektromotoroller, samokatlar harakatlanishi ta’qiqlandi.

Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga sharoit yaratish, aholining ushbu turdagi xizmatlarga bo‘lgan qiziqishini hisobga olgan holda, O‘rda tagi ko‘chasidagi avtomobillar turargohi hududida faoliyatini olib borishi va aholiga xizmat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratildi.

Turargoh hududida ushbu xizmatlarni ko‘rsatilishi, avtomobillar to‘xtab turishiga halaqit bermaydi.