Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i podpolkovnik, Nurulloxon Sultonov shahrimizda kiberjinoyatlar, interenet firibgarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.
2022 yilda Qo‘qon shahar IIB tomonidan kiberxavfsizlik sohasidagi 41 ta jinoyatlar fosh etildi. Ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168 va 169 – moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, shahar IIB tomonidan internet va kommunikasiya sohadagi jinoyatlarni fosh etish, va jinoyatga jazo muqarrarligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.