Tue. May 14th, 2024

Ushbu taklif Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Xabibjon Sirojiddinov tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tadbirkorlar qabulida bildirildi.

Ma’lumot uchun: Drag-reysing ikkita avtomobilda 402 metr masofaga sprint bellashuvidir. So‘nggi bor O‘zbekistonda drag-reysing bo‘yicha chempionat Pskent shahrida o‘tkazildi.

Qabulda tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish, yer maydonlari bilan ta’minlash, davlat idoralari bilan tuzilgan shartnoma mablag‘larini undirish kabi o‘nlab masalalar ko‘rib chiqildi. Joyida hal etilmagan masalalar yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi Xabibjon Sirojiddinovning nazoratiga olindi.

Xususan, bitta musobaqada 50 million so‘mgacha daromad keltiradigan drag-reysing arenasini barpo etish taklifi mutasaddilar tomonidan o‘rganiladi.