Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sun. Dec 15th, 2024

Qo‘qon shahrida ehtiyojmand fuqarolar xonadoniga ishlab chiqarish dastgohlari yetkazib berildi.

Marufjon Usmonov bilan muloqotda bo‘layotgan fuqarolar cheksiz darajada xursand, axir bir necha yil avval ham xonadonlariga xol-ahvol so‘rab, hokim kirib kelishini tasavvur ham qilib bo‘lmas edi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan, aholi muammolarini xonadonbay o‘rganib, hal etish tizimi, davlat idoralariga yordam so‘rab, murojaat etishga botina olmagan, “o‘zini yog‘iga o‘zi qovurilib yotgan” aholi qatlamlariga ham ijtimoiy-moddiy yordam ko‘rsatish imkonini berdi.

Shu kuni Marufjon Usmonov bir necha ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar eshigini taqillatib kirib, ishlab chiqarish dastgohlarini topshirdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ishonchi bo‘lmagan fuqarolar drayver korxonalarga biriktirildi. Eng muhimi tushkun kayfiyatga tushib qolgan yana bir necha O‘zbekiston fuqarolari, hokim bilan suhbatda bo‘lib, yangi hayot va farovon kelajak uchun kuchli motivatsiyaga ega bo‘ldilar.

Click to listen highlighted text!