“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida 75 million so‘m sovringa ega bo‘lgan 40-maktab o‘quvchilari ota-onalari va o‘qituvchilariga samimiy tilaklarini izhor etdilar.
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov o‘quvchilar va maktab jamoasini samimiy qutlab, Prezident sovrinini topshirdi.
Shahar hokimi o‘quvchilar bilan suhbatda bo‘lib, kasbiy qiziqishlari, fanlar bo‘yicha iqtidorlarning erishgan natijalarini o‘rgandi.
Yuqori natijalarga erishgan yoshlarni tarbiyalagan ota-onalar va ustozlarga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.