Qo‘qon shahar hokimi yangi foydalanishga topshirilgan 24-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Marufjon Usmonov bolalar bog‘chasi rahbariyati va tarbiyachilar bilan muloqot qilib, mavjud muammo-kamchiliklar, qo‘shimcha o‘quv jihozlariga bo‘lgan ehtiyoj bilan qiziqdi.
“O‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi shahar hukumati diqqat-e’tiboridagi eng muhim masala bo‘lib qoladi”, dedi Qo‘qon shahar hokimi mas’ullar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida.