Wed. Apr 17th, 2024

Iftorlik marosimiga mahalladagi nuroniylar, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar taklif etildi.

Marosimga Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari va Milliy gvardiya harbiy qismi ko‘mondoni ham tashrif buyurdilar.

Marufjon Usmonov mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va oldimizda turgan konstitusion islohotlar mazmun-mohiyati xususida ma’lumot berdi.

Iftorlik marosimida yurtga omonlik, tinchlik-hotirjamlik, Prezidentimizga sog‘liq-salomatlik tilab, duolar qilindi.