Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahrida 8-mart bayrami munosabati bilan yolg‘iz va keksa ayollardan xabar olindi. Qo‘qon shahar hokimining o‘rinbosari Alisher Meliqo‘ziyev, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Jaxongir Mirzo Mirzayev, mahalla mutasaddilari hamrohligida ehtiyojmand fuqarolarni bayram bilan muborakbod etib, ijtimoiy yordam to‘plamlarini yetkazdilar.

Muloqot chog‘ida fuqarolarni qiynayotgan muammolar ham o‘rganilib, masalalarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.