Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev o‘ziga biriktirilgan 4-sektordagi “Marg‘ilon darvozasi”, “Toshkentli guzar” mahallalarida bo‘lib, ishchi guruh a’zolari, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.
Muloqotlarda, birinchi navbatda, aholi daromadini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalladagi infratuzilmani mustahkamlash borasidagi muammolar o‘rganilib, ularning yechimlari bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Mas’ullarga har ikki mahalla binosini ta’mirlash, mahalla kutubxonasi tashkil etish topshirig‘i berildi.