Thu. Jul 25th, 2024

Davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirilmokda. Pensiga chiqish uchun talab etiladigan xujjatlar.

 

Mamlakatimizda pensionerlarni ijtimoiy ko‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. bugungi kunda davlat pensiyalarini tayinlashda 30 turdagi hujjat talab etiladi hamda ularni taqdim etishga mas’ul 14 dan ortiq vazirlik va tashkilotlarda idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi qog‘oz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yig‘ish jarayonini raqamlashtirishga to‘sqinlik qilib kelmoqda.

 

Davlat pensiyalarini hisoblash uchun zarur ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish, ushbu jarayonni soddalashtirish, fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish, pensiya va nafaqalarni yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda sog‘lom raqobat muhiti va zamonaviy standartlarni joriy etish maqsadida:  2023 yil 1 yanvardan boshlab:

 

davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi. Bunda, pensiyaga chiqish huquqi paydo bo‘lgan chog‘ida ishlamaydigan fuqarolarga o‘zlarining mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilish orqali «Yagona mehnat milliy tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda — YaMMT IDAK)ga kiritish xizmati joriy etiladi;

 

davlat pensiyalarini tayinlash YaMMT IDAKga kiritilgan elektron ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunda, mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlar Pensiya jamg‘armasi tomonidan YaMMT IDAKdan foydalangan holda elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida olinadi;

 

Davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikasiya ID-kartasi talab etiladi. Bu to‘g‘rsida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 maydagi “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-5102 sonli qarori qabul qilingan.

 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Qo‘qon shaxar bo‘limi boshlig‘i Madaminjon G‘ulomov