Sun. Apr 28th, 2024

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining XXXIX – sessiyasida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, shahar Kengashi deputatlari, Qo‘qon shahar tumanlararo fuqarolik, iqtisodiy va jinoiy sudlar raislari, Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi mutasaddilari, shahar Xotin-qizlar Kengashi raisi, sessiyadagi masalalarga aloqador boshqa mutasaddi rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

 

Dastlab, 1-sektor rahbari Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonovning axboroti tinglandi. Marufjon Usmonov ijtimoiy ro‘yxatlardagi fuqarolarning muammolarini hal etish, doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, kichik biznes va tadbirkorlikka yo‘naltirish, ijtimoiy, ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida qilingan ishlar xususida axborot berdi.

 

Xususan, hisobot davrida 1-sektor hududida 1798 nafar temir daftardagi oilalardan 1628 tasi doimiy daromad manbai bilan ta’minlangani va ijtimoiy muammolari hal etilgan tufayli ijtimoiy ro‘yxatdan chiqarildi. Shundan 311 nafar fuqqarolar ish o‘rinlari bilan ta’minlandi, 62 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun jami 1.2 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. 53 nafar fuqaroga ishlab chiqarish dastgohlari beg‘araz yordam sifatida olib berildi hamda 660 million so‘mdan ziyod miqdorda bir marttalik moddiy yordam, oziq-ovqat, kiyim kechak va boshqa yordamlar ko‘rsatildi.

 

Sessiyada sektorlar rahbarlari, sudlar raislari va boshqa mas’ul rahbarlarning ham 2021 yilning 9 oyida Qo‘qon shahrida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborotlari tinglandi.

 

Sessiyada ko‘rilgan masalalar bo‘yicha bir qator deputatlar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli Qarorlar qabul qilindi.