Thu. Jul 25th, 2024

Shahrimizning O‘rda tantanalar saroyida boquvchisini yo‘qotgan va imkoniyati cheklangan bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etib, bolalarni Yangi yil bayrami bilan chin yurakdan qutladi. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan va boquvchisini yo‘qotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosat, Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarni bilimga, kitob o‘qishga va zamonaviy texnologiyalarga jalb etishga qaratilgan tashabbuslar xususida so‘zladi.

Qo‘qon shahar hokimi bolalar uchun bayram tadbirini tashkil etishga homiylik qilgan “Bekavtoyo‘lovchitrans” MChJning rahbari va bir necha xodimlariga aholiga transport xizmati ko‘rsatish va jamoat ishlaridagi faolligi uchun shahar hokimligining Tashakkurnomalarini topshirdi.

Ko‘tarinki kayfiyatda Yangi yil Archasi atrofida o‘tkazilgan tadbirda bolajonlar uchun Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari ishtirokida turli ko‘ngilochar o‘yinlar, raqslar hamda sahnalashtirilgan postanovkalar namoyish etildi.