Fri. Mar 29th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov kecha Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida 12-Mehribonlik uyi bitiruvchilarining muammolari bo‘yicha murojaat qilgan blogger Shermuxammad Dehqonov va bir guruh yoshlarni taklif etib, murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

✍️ Uy-joy, kredit, ijtimoiy yordam va boshqa bir qator masalalar bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarning masalalari ko‘rib chiqilib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qabul so‘nggida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va blogger shahar hokimiga e’tibor uchun o‘z minnatdorchiliklarini izxor etdilar.