Thu. Jul 25th, 2024

Qo‘qon shahrida davlat xizmatchilarining ma’naviy va siyosiy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.

Seminarda islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Imom Motrudiy, At-Termiziy, Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markazlari olimlari yurtimizda yashab o‘tgan buyuk muhaddis ajdodlarimiz me’rosi, yurtimizda so‘nggi yillarda din va vijdon erkinligini ta’minlash, ayniqsa dindoshlarimiz ibodatlarini to‘la-to‘kis ado etishlari uchun qulay shart-sharoitdar yaratish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hususida ma’lumot berdilar.

Ayni paytda internet global tarmog‘ida buyuk bobokalonlarimiz qoldirgan hadis va ma’lumotlarni turlicha talqin qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlod onggini zaxarlash kabi buzg‘unchi niyatlarda foydalanish, yurtimizdagi tinch-osoyishta hayotga rahna solish maqsadida xalqimiz onggida salbiy stereotiplar, muholif dunyoqarashni shakllantirishga intilayotgan kuchlar haqida ham suhbat bordi.

Ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan ko‘plab savollar, taklif va mulohazalar seminar kun tartibidagi masalalar dolzarb ahamiyat kasb etayotgani, din va maorif sohasida ilmli mutaxassislar fikri va maslahatiga ehtiyoj naqadar yuqori ekanini namoyon etdi.