Fri. Apr 19th, 2024

“Yurtim bayrog‘i erkin shamolda o‘sgan” bayram tadbirini o‘tkazish Tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov bayram dasturi doirasidagi tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, tadbirga shahrimizda yashaydigan barcha millat va elatlar vakillari, yoshlar, faxriylar, adabiyot va san’at namoyandalarini keng jalb qilish va boshqa masalalar yuzasidan ishchi guruhlar rahbarlariga topshiriqlar berdi.

Tadbir prodyuseri va rejissyori ishtirokida har bir masala atroflicha muhokama etildi. Dastur doirasida tadbirlar bo‘lib o‘tadigan joylarni bayramona bezash, repitisiya jarayonlarida 3000 dan ortiq ishtirokchilarga issiq ichimliklar va nonushta berish, ishtirokchilarni bayramga tayyorgarlik vaqtida transport bilan ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.