Wed. Jun 26th, 2024

Qo‘qon shahar jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamda “Mahalla” jamg‘armasi hamkorligida 18-30 yoshli uyushmagan ayol qizlar o‘rtasida “Oila kelajak poydevori” shiori ostida voleybol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Havaskor sportchilar jamoalarining murosasiz bellashuvlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlarga tantanali ravishda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ayolllar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularni sportga jalb etishga qaratilgan musobaqada shahrimizning o‘nlab ayol-qizlari faol ishtirok etdilar.

#спорт