Sat. Jun 22nd, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Prezident Qaroriga asosan ta’mirlanayotgan San’atkorlar rezidensiyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shahar hokimi pudratchi tashkilot mutasaddilari bilan muloqot qilib, binoning ichki qismini yoritish va jixozlashga san’at sohasi mutasaddilarini jalb etish lozimligini bildirdi.

Ayni paytda binoda pardozlash ishlari olib borilmoqda, mutasaddilarning bergan ma’lmuotlariga ko‘ra, mart oyining oxirigacha ishlar nihoyasiga yetkaziladi.