Tue. May 14th, 2024

Qo‘qon shahar hokimligi, 42090 harbiy qismi ko‘mondonligi, shahar Mudofaa bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan hayriya aksiyasi imkoniyati cheklangan, ijtimoiy muhofazaga muxtoj hamshaharlarimizga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish maqsadida o‘tkazildi.

Hayriya aksiyasi davomida ishtirokchilar tomonidan internat uyining bog‘ida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi, 60 ga yaqin mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

“Muruvvat” uyida yashaydigan mehr va e’tiborga muxtoj fuqarolarga baxorgi kiyimlar va poyafzallar tuhfa etildi.

Qo‘qon shahar “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida bugungi kunda 300 nafar vasiylikka olingan nogiron fuqarolar yashab kelmoqda. Ayni paytda internat uyining to‘rt qavatli binosida kapital ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu ishlarga davlatimiz tomonidan 3,5 mlrd. so‘m ajratilgan.